preview
preview
preview
preview

Узбекфильм

O`zbekistonda kinofilmlarning ilk namoyishi 1897 yil Toshkentda bo`lib o`tgan. 1924 yili “Buxkino” nomli Rus - Buxoro o’rtoqlik tashkiloti barpo etilib, u 1925 yili bir qator xujjatli filmlar hamda “Sevzapkino” kino studiasi bilan birgalikda “O’lim minorasi” filmini suratga olgan. Shu yili “Buxkino” “Proletkino” bilan xamkorlikda “Musulmon qiz” badiiy filmni suratga xam oladi. Xar ikki film xam rus rejissorlar, aktyorlar va operatorlar tomonidan suratga olingan edi.

1925 yil “O’zbek kino” korxonalar idorasi tashkil etildi va “Sharq yulduzi” kinofabrikasi ochildi (Ushbu kinofabrika 1958 yildan boshlab “O’zbekfilm” deb yuritila boshlagan). Xuddi shu yili bir qator xujjatli, ilmiy-ommabop filmlar va “Paxta-Orol” badiiy filmi suratga olingan. So’ng O’zbekistonning – ayollarni ozod qilish, yer-suv islohotlariga oid muammolariga bag’ishlangan: “Ikkinchi xotin” (Вторая жена), “Ravat chiyabo’rilari” (Шакалы Равата) va “Paranji” (Chadra, 1927 y.), “Yopiq furgon” (Крытый фургон,1928й.), “Avliyoning qizi” (Дочь святого,1931), “Ramazon” (1933) badiiy filmlari suratga olinadi. Respublikadagi sanoatlashtirish ishlari o’zbek kinosida ilk marotaba N. G’aniev tomonidan 1931 yilda suratga olingan “Ko’tarilish” (Подъем) nomli filmida ko’rsatilgan. 30- yillarning birinchi yarmida ilk tarixiy film – “Tong oldidan” (1933 yil, rej. S. Xodjaev) va bolalar uchun“Qilich” (1936 yil, rej. Yu. Agzamova) filmlari suratga olinadi. N. G’anievning “Yigit” (1936y.) filmi bilan o’zbek kinematografiyasining boshlang’ich bosqichi yakunlanadi. So’zsiz kino davrida o’zbek kinematografiya rivojiga rejissorlar: О.N.Frelix, K.Gertel, М.Doronin, N.N.Klado, operatorlar: A.Dorn, А. Bulinskiy, F. Veriga-Darovskiy, V. Shevchenko, V. Timkovskiy va boshqalar katta hissa qo’shgan. Shu yillar mobaynida yosh kinoijodkorlar: N. G’aniev, K.Ya. Yarmatov, М.К. Qayumov, Xo’jaev, E. Xamroev, Yu.Agzamov, А. Saidovlarning pleyadasi (arboblarning guruhi) yuksaldi. O’zbek kinematografiyasining ijodi va tasvirga olish texnikasi mukammalashuvi ovozli kino uchun zamin yaratdi. “Qasam” (1937y., Rej. А.G. Usolsev)- jamoalashtirish yo’liga g’ov bo’layotgan qishloq hayoti va yer-suv islohotlari atrofida bo’lgan shavqatsiz sinfiy kurashlarni ko’rsatib bergan ilk ovozli o’zbek filmi hisoblanadi. Film mualliflari dehqonlarining sharoiti va qishloq ahlining turmush tarzini reallikka moslab ko’rsatib berishga musharraf bo’lganlar. Filmda Ya. Bobojonova, A.Ismatov, L. Sarimsoqova, R. Pirmuxammedovlarning iste’dodlari namoyon bo’lgan. “Azamat” nomli ovozli film (1940y., Rej. A.V. Kordyum) ham o’zbek qishlog’I hayotiga bag’ishlangan edi. Unda hayotiy voqealar va xalq xandalari mohirona ko’rsatilgan. “Asal” (1940 y., Rej. M.Yodgorov, B. Kazachkov) filmi esa O’zbekistondagi yengil sanoat kombinati ishchilari, yangi ishlab chiqarish va munosabatlar haqida so’zlagan ilk kinoasardir. Film ssenariy muallifi Komil Yashin. Asarda bir qancha milliy musiqa va qo’shiqlar yangragan. Asosiy bosh ayol qahramoni rolini Halima Nosirova ijro etgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida O’zbekistonga boshqa davlatlarning kinostudiyalari evakuatsiya qilingan edi. Toshkentda Moskva, Leningrad, Kiyev kinostudiyalari ijodkorlari faoliyat yuritgan. Turli studiyalar hamkorligida esa “Ikki jangchi”, “Aleksandr Parxomenko” (rej. L.D. Lukov), “217-raqamli odam” (rej. М.I. Romm), “Nasriddin Buxoroda” (rej. YA.A. Protazanov) kabi filmlar suratga olingan. Bundan tashqari o’zbek kinoijodkorlari tomonidan “Biz g’olib bo’lamiz!” (rej. K. Yormatov), “Jasur do’stlar” (rej. N. G’aniev), “Frontdagi do’stlarimizga” va “Vatanimga sovg’a” (rej. K. Yormatov) kabi film va kinokonsertlar suratga olingan edi. 40- yillarda o’zbek kinosining katta yutuqlari: “Tohir va Zuhra” (1945y.), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1947y. Rej. N.G’aniev), “Alisher Navoiy” (1948y. rej. K. Yormatov) kabi filmlari suratga olingan. Realistik tarzda suratga olingan ushbu filmlarda uzoq o’tmishning hayoti va madaniyati, jamiyatdagi ichki jarayonlar tasvirlangan. “Farg’onaning qizi” (1948y rej. N.G’aniev) filmi zamonaviy hayot voqealari va paxtakor yosh qizning taqdiriga bag’ishlangan. 50 - yillarda Toshkent kinostudiyasi mahsulotlari qatoridan dolzarb masalalarga bag’ishlangan: Rejissor K. Yormatovnning - “Opa-singil Raxmonovalar” (1955y.) va “Atirgullar gullaganda” (1959y); Yu. Agzamovning - “Baxt uchun” (1957y.) va “Maftuningman” (1959y.); L. Fayziyevning “Ikkinchi marotaba gullash” (Второе цветение) (1960y.) filmlari joy oldi. Tarixiy mavzudagi: “Ibn Sino” (1957 y. Rej. K. Yormatov), “Qutlug’ qon” (1956y. Rej. L. Fayziyev), “Furqat” (1959y. Rej. Yu. Agzamov) filmlarida o’zbek xalqi o’tmishidagi hayoti tasvirlangan. 60-yillar kino sohasidagi bir qator yutuqlar bilan esda qolgan. 1959 yilda o’zbek kinoijodkorlari “O’zbekfilm” kinostudiasining yangi binosini qabul qilib oldilar. Bu yerda yoshi ulug’ kinoijodkorlar – K. Yormatov, Z. Sobitov, Yu. Agzamov, М. Krasnyanskiy, N. Ryadov, V. Sinichenko, V. Yeremyanlar qatorida ёш ijodkorlar: rejissorlar – Sh. Abbosov, A. Xachaturov, A. Xamroev, D. Salimov, R. Botirov, X. Ahmar, U Nazarov, A. Akbarho’jayev, E. Ishmuhamedov, Q. Kamolova, operatorlar - X. Fayziyev, D. Fathullayev, L. Travitskiy, T. Eftimovskiy, rassomlar – E. Qalandarov, E. Pushin, N. Raximboyev va boshqalar o’z ijodiy faoliyatlarini boshlaganlar. Ushbu davr kinematografiyasi turli janrlar, yo’nalishlar va mavzular boyligi bilan ajralib turadi. Bu davrga tegishli: “Sinchalak” (1961 y. Rej. L. Fayziev), “hayot tongdan boshlanadi” (1966 y. Rej. U. Nazarov), “Oq laylaklar” (1967 y. Rej. А. Xamroyev), “Nafosat” (1968y.) , “Sevishganlar” (1969y. Rej. E. Ishmuhamedov), “Seni kutyapmiz, yigit” (1972y. Rej. R. Botirov) filmlarida muhim axloqiy masalalar ko’tarilgan. Tarixiy filmlar: “Ulug’bek yulduzi” (1965 y. Rej. L. Fayziyev), “O’tgan kunlar” (1970y. Rej. Yu. Agzamov) ham shu davrga tegishlidir. Ilk marotaba o’zbek xalqining ikkinchi jahon urushi davridagi jasorati aks etgan: “Sen etim emassan” (1963y. Rej. Sh. Abbosov), “Qirq birinchi yil olmalari” (1970 y. Rej. R. Botirov), “Quyosh bilan qayt” (rej. L. Fayziyev) filmlari xam suratga olindi. 1966 yildan boshlab esa “O’zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan mult’filmlar, “Nashtar” nomli hajviy kinoto’plam (yiliga 6 ta namoyish) ham ishlab chiqarilgan. Tarixiy lentalar: “Odamlar orasida yolg’iz” (1974 y. Rej. K. Yormatov), “Inson qushlar ortidan boradi” (1976y. Rej. А. Xamroyev), “Abu Rayhon Beruniy” (1975 y. Rej. Sh. Abbosov), “Dahoning yoshligi” (1983 y. Rej. E. Ishmuhamedov) kabi filmlar turli janrda bo’lishiga qaramay, ularda o’zbek xalqi tarixi sahifalari ochilgan, tarixiy shaxslar – shoira Nodira, shoir Mushfiq va olimlar– Beruniy, Ibn Sino siymolari gavdalantirilgan. Shu yili bolalar filmi ham jadallik bilan rivojlana boshladi. “Qaldirg’ochlar bahorda qaytar” (1975y. Rej. Х. Ahmar), “Achchiq danak” (1977 y. Rej. Q. Kamalova), “Shumbola” (1977y. Rej. D. Salimov), “Tiniq irmoqlar” (1979 y. Rej. А. Akbarxo’jayev) filmlari bolalarda tarixiy merosga hurmat, qiziqarli sahnalar yordamida tabiatni asrash, go’zallikni tushunish va ardoqlash kabi ko’nikmalari shakllantirishga yordam beradi. 70-yillarda horijiy kinostudiyalar bilan hamkorlikda: Bolgariya bilan – “Ikki askar haqida hikoya” (1977 y. Rej. Sabitov), Yugoslaviya bilan – “Sevgi va nafrat” (1979y. Rej. R. Botirov va J. Ristich), Hindiston bilan – “Ali Bobo va qirq qaroqchi” (1980 y. Rej. L. Fayziyev va U. Mexra) filmlari suratga olindi. 1975 yil “O’zbekfilm” kinostudiyasi ssenariylar ustaxonasi tashkil etilgan. Mustaqillik ko’pgina yillarida “O’zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan filmlar bir qator xalqaro kinofestivalarda ishtirok etdi va ko’pgina mamlakatlarda e’tirof etildi. Jumladan: “Cho’pon ayol” (rej. Yu. Roziqov) filmi Moskva xalqaro festivalida “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida Gran-Pri Sohibiga aylandi. Shu bilan birga, kinostudiya tomonidan “Dev bilan pakana” (Rej. J. Qosimov), “Osmondagi bolalar” (rej. Z.Musoqov), “Qora ayol” (Rej. B.Odilov), “18-kvadrat” (Rej. J. Qosimov), “Vatan” (rej. Z. Musoqov), “Hayot davom etadi” (Нам жить дальше) (rej. F. Fayziyev), “Zabarjad” (Rej. B. Odilov), “Oy ostidagi uy (hovli)” (rej. Z. Musoqov), “Osmon va yer suvlari qorishib ketdi” (Смешались воды небa и земли) (rej. J. Qosimov) kabi filmlar suratga olindi. So’nggi yillarda kinostudiya tomonidan ishlab chiqarilgan kinokartinalar tomoshabinlarning turli yosh qatlamini qamrab olgan bo’lib, orasida bolalar uchun filmlar, jiddiy muammoga bag’ishlangan va komedik janridagi filmlarga ajraladi. Jumladan, “Chol va Nabira” (2009 y. Rej. R. Muxammadjonov), “Kechikkan hayot” (2010 y. Rej. A. Shaxobiddinov), “Yozsiz yil” (2011 y. Rej. X. Fayziyev), “Uchar otlar” (2012 y. Rej. X. Xasanov), “Sehrli qalpoqcha 2” (2014 y. Rej. S. Karimov), “Dilor, dilor…dil va or” (2014 y. Rej. Sh . Abbosov) “Shunqorlar” (2015 y.Rej. U. Xamdamov), “Bolalik sinovlari” (2015 y. Rej. H. Xasanov), “Oyqiz ertagi” (2016 y. Rej. А. Bekturdiyev), “Toliqqan ko’ngillar oyga talpinar” (2016 y. Rej. S. Nazarmuhammedov), “Dadam betob” (2016 y. Rej. Z. Musoqov), “Isnod” (2017 y. Rej. R. Muhammadjonov), “Rishta” (2017 y. Rej. M.Ohunov), “Sabot” (2017 y. Rej. R. Malikov, K. Karimov), “Berlin- Oqqo’rg’on” (2018 y. Rej. Z. Musoqov), “Yolg’on girdobi” (2018 y. Rej . N. To’laxo’jaev), “Issiq non” (2018 y. Rej. U. Xamdamov) kabi filmlari misol tariqasida keltirishimiz mumkin

Keyingi tugma orqali bizning kinostudiyada suratga olingan filmlar ro’yxatini yuklab olishingiz mumkin

Yuklab olish