Diqqat tanlov!

“O`zbekfilm” kinostudiyasi buyuk imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Moturidiy va Moturidiy ta’limotini rivojlantirgan olim Abul Mu`in Nasafiyning boy ilmiy merosini abadiylashtirish maqsadida allomalarning hayot yo`li va ilmiy izlanishlariga bag`ishlangan yuqori saviyadagi adabiy ssenariylar tanlovini e’lon qiladi. “Eng yaxshi” deb topilgan ssenariy asosida badiiy film suratga olinadi. Ssenariylar 2020 yilning 15 oktabriga qadar uzbekfilmpro@mail.ru electron manzilida qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: 71/277-93-09